27-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Ba’zi joylarda shamol tezligi kuchayib, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin

27-may, dushanba kuni O‘zbekiston hududida havo, asosan, biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli mavjud. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida
Hudud | Ob-havo holati | Harorat (kechasi/kunduzi) | Shamol |
---|---|---|---|
Toshkent shahri | Biroz bulutli, kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin | 16–18° / 23–25° | 5–10 m/s, 12–14 m/s gacha, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan |
Qoraqalpog‘iston R., Xorazm viloyati | Biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi | 13–18° / 25–30° | 7–12 m/s, 13–18 m/s gacha, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan |
Buxoro va Navoiy viloyatlari | Biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi | 15–20° / 26–31° | 7–12 m/s, 13–18 m/s gacha, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan |
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand | Biroz bulutli, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin | 14–19° / 22–27° | 7–12 m/s, 13–18 m/s gacha, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan |
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | Biroz bulutli, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin | 18–23° / 27–32° | 7–12 m/s, 13–18 m/s gacha, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan |
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | Biroz bulutli, kunduzi ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin | 15–20° / 23–28° | 5–10 m/s, 13–18 m/s gacha |
Tog‘ oldi va tog‘li hududlar | Biroz bulutli, ba’zi joylarda kuchli qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq, sel xavfi mavjud | 8–13° / 13–18° | 7–12 m/s, 13–18 m/s gacha |