Ucell ma’naviy va moddiy zarar uchun ham javobgarlikni oladi

eʼlon qilindi
Oldin kompaniya faqat to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazilgan zarar uchun javobgar deb ko‘rsatilgan
Ucell
Ucell ma’naviy va moddiy zarar uchun ham javobgarlikni oladi / Foto: araratour.com

Raqobat qo‘mitasiga fuqarodan kelib tushgan murojaat asosida Ucell (COSCOM MCHJ)ning ommaviy ofertasidagi ayrim shartlar qonunchilikka muvofiqlashtirildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.

Unga ko‘ra, Prepaid tizimidagi ommaviy ofertada kompaniya faqat to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazilgan zararlar uchun javobgar deb ko‘rsatilgani, ma’naviy zarar va boy berilgan daromad uchun javobgarlik belgilanmagani aniqlandi.

Qonunchilikka muvofiq, xizmat lozim darajada ko‘rsatilmagan hollarda ma’naviy va moddiy zararlar qoplanishi shart. Iste’molchi huquqlarini cheklovchi shartnomalar esa haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Shu asosda qo‘mita Ucell kompaniyasiga ommaviy ofertani qonunchilikka muvofiq qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Natijada kompaniya shartlarga ma’naviy va moddiy zarar uchun ham javobgarlikni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent metropolitenining tonnellarida ham mobil aloqa ishlay boshlashi haqida yozgandi. Bu ishlar «Toshkent metropoliteni» DUK va Ucell mobil operatori o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumi asosida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek