YUNISEF rahbari Toshkentda: Mirziyoyev bilan uchrashuvda yangi dasturni muhokama qildi

eʼlon qilindi
Tomonlar O‘zbekiston va YUNISEF o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev YUNISEF rahbarini qabul qildi / Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) ijrochi direktori Ketrin Rasselni qabul qildi. Tomonlar O‘zbekiston va YUNISEF o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston va YUNISEF hamkorligi so‘nggi yillarda yuksak darajaga chiqqani qayd etilgan. Tashkilot ko‘magida bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha qonunlar, ijtimoiy himoya va bolalar onkologiyasiga qarshi kurash strategiyalari ishlab chiqilgan.

Uchrashuvda 2030-yilgacha mo‘ljallangan yangi Mamlakat dasturini qabul qilish va bolalar huquqlari bo‘yicha xalqaro tadbirlarni birgalikda o‘tkazish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan, Italiya Respublikasi bosh vaziri Jorja Meloni 28 – 29-may kunlari O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lishi haqida yozgan edi.

Shuningdek