OnePlus arzon narxda smartfon taqdim etdi

28-may 2025 11:35 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
OnePlus arzon narxda smartfon taqdim etdi / Foto: OnePlus

OnePlus kompaniyasi Xitoyda o‘zining yangi flagman smartfoni – OnePlus Ace 5 Extreme Edition modelini taqdim etdi. Bu haqda IThome nashri xabar bermoqda.

Qurilma MediaTek Dimensity 9400+ protsessori asosida yaratilgan va AnTuTu testida rekord ko‘rsatkich – 3,22 mln ball to‘plagan.

Smartfonning boshlang‘ich versiyasi 12 GB tezkor va 256 GB doimiy xotira bilan atigi $295 ga baholangan. Boshqa variantlar narxi quyidagicha: 16/256 GB – $330, 12/512 GB – $355, 16/512 GB – $390, 16 GB/1 TB – $460.

Foto: One plus

OnePlus Ace 5 Extreme OLED displeyga ega bo‘lib, uning o‘lchami 6,83 dyuym, aniqligi – 1,5K, yangilanish chastotasi esa 144 Gsni tashkil etadi. 3840 Gs chastotadagi ShISh nazorati tufayli ekran ko‘zga zarar yetkazmaydi.

Old kamera 16 MP, asosiy kamera esa 50 MP (Sony IMX906) va 8 MP sensorlar bilan jihozlangan. Qurilma 6700 mA·soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lib, 100 Vatt tezkor quvvat olishni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfonning qalinligi 8 mm, og‘irligi esa 208 grammni tashkil etadi.

OnePlus Ace 5 Extreme Edition / Foto: OnePlus

OnePlus Ace 5 Extreme kuchli texnik ko‘rsatkichlari va nisbatan arzon narxi bilan flagman segmentida kuchli raqobatchiga aylanmoqchi. Qurilma savdosi Xitoyda boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan OnePlus kompaniyasi Ace 5 seriyali smartfonlari katta muvaffaqiyatga erishganini e’lon qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek