Sharp Aquos R10 smartfoni taqdim etildi

1-iyun 2025 17:35 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Sharp
Sharp Aquos R10 smartfoni taqdim etildi / Foto: Sharp

Yangi Sharp Aquos R10 smartfoni taqdim etildi. Bu haqda Gizmochina texnologiyalar nashri xabar bermoqda.

Yangi smartfon yuqori yangilanish chastotasiga ega OLED displey, Leica hamkorligidagi kamera va SI funksiyalari bilan jihozlangan.

Sharp Aquos R10 6,5 dyuymli Full HD+ Pro IGZO OLED displeyga ega bo‘lib, u 1 dan 240 Gts gacha yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Ekran maksimal 3000 nit yorqinlikka ega va HDRsiz videoni yaxshilovchi Virtual HDR texnologiyasini taklif etadi.

Smartfonga Snapdragon 7+ Gen 3 chipi, 12 GB LPDDR4X tezkor xotira va 512 GB gacha UFS 4.0 xotira o‘rnatilgan.

Sovitish uchun mis asosli issiqlik o‘tkazuvchi tizim ishlatilgan. Qurilma Android 15 platformasida ishlaydi va SI yordamida real vaqtli suhbatdan kalit so‘zlarni ajratish hamda aqlli rejalashtirish takliflari beradi.

Asosiy kamera Leica bilan birgalikda ishlab chiqilgan bo‘lib, 50,3 MP sensorga ega. U 23 mm keng burchakli va 13 mm super keng burchakli linzalarni birlashtiradi. Old kamera ham 50,3 MP bo‘lib, tungi rejim, sun’iy yoritish va rang aniqligi SI orqali yaxshilangan.

Aquos R10 5000 mA/soat sig‘imli batareya va 36 Vt quvvatdagi simli zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. USB-C 3.2 Gen 1 port, Dolby Atmos, Hi-Res Audio va LDAC bilan ikki stereo dinamik mavjud.

Qurilma IPX5/IPX8/IP6X darajasida chang va suvdan himoyalangan. U MIL-STD-810G harbiy standartlariga ham javob beradi. Foydalanuvchilar yuzni tanish yoki barmoq izlari orqali autentifikatsiyadan o‘tishlari mumkin. Shuningdek, eSIM, nano SIM va NFC funksiyalariga ega.

Eslatib o‘tamiz, Kursuv Uzbekistan nashri Vivo S30 Pro mini Xitoyda taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek