
Tailandlik Opal Suchata Chuangstri «Dunyo go‘zali – 2025» g‘olibi bo‘ldi, deya xabar berdi tanlov tashkilotchilari.
U «Dunyo go‘zali» unvonining 72-sohibasiga aylandi. Unga ramziy tojni tanlovning avvalgi g‘olibi chexiyalik Kristina Pishkova topshirdi.
Opal Suchata Chuangstri 2003-yil 20-sentabrda Phuket shahrida tug‘ilgan. U Triam Udom Suksa maktabida xitoy tilini o‘rgangan va hozirda Tammasat universitetida tahsil olmoqda. 16 yoshida sut bezi xavfsiz o‘simtasini olib tashlash operatsiyasidan so‘ng Opal ko‘krak saratoni haqida xabardorlikni oshirish uchun Opal For Her kampaniyasini boshladi.

Hindistonning Haydarobod shahrida «Dunyo go‘zali» tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda 108 mamlakatdan vakillar ishtirok etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Muhtasham yuz yil»dagi Sulton Sulaymon yolg‘on guvohlik uchun to‘rt yilga qamalishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.