
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan va xalqaro miqyosda nufuzli musobaqalardan biri hisoblangan 2025-yilgi WTT Youth Contender Tashkent turniri o‘z yakuniga yetdi.
Stol tennisi bo‘yicha yosh sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarda dunyoning 15 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan 300 nafardan ziyod ishtirokchilar o‘zaro raqobat olib borishdi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra, turli yosh toifalarida g‘oliblar va sovrindorlar quyidagicha taqdirlandilar:









Foto: O’zbekiston stol tennisi federatsiyasi
U15 yosh toifasi, qizlar bahsi
Tanishka Kalbhairav, Hindistondan tashrif buyurgan iqtidorli sportchi ushbu toifada oltin medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik Adelina Khasanova esa finalgacha yetib borib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.
U15 yosh toifasi, o‘g‘il bolalar bahsi
Mobin Amiri, Erondan kelgan yosh tennischi raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Yana bir eronlik sportchi Arshia Lorestani esa kumush medal bilan taqdirlandi.
U19 yosh toifasi, qizlar bahsi
O‘zbekiston vakili Arujan Kamalova bu toifada barcha raqibalarini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Uning vatandoshi Asel Erkebaeva esa ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medal sohibiga aylandi.
U19 yosh toifasi, o‘g‘il bolalar bahsi
Qozog‘istonlik sportchi Alan Kurmangaliyev ushbu toifada chempionlikni qo‘lga kiritdi va oltin medalga ega bo‘ldi.
Eron vakili Benyamin Faraji esa kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat bokschilari Tailanddagi musobaqada birinchi o‘rinni egallagani haqida xabar bergan edi.