Sony endi telefon ishlab chiqarmaydi

2-iyun 2025 14:40 eʼlon qilindi

(3-iyun 2025 01:31 yangilandi)
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Sony
Sony endi telefon ishlab chiqarmaydi / Foto: Sony

Sony kompaniyasi endi telefon ishlab chiqarmaydi. Kompaniya Tailand va Xitoydagi zavodlarida smartfon ishlab chiqarishni to‘xtatgan. Bu haqda Sumahodigest xabar bermoqda.

Rasmiy saytda may oyida «smartfonlar» bo‘limi zavod mahsulotlari ro‘yxatidan olib tashlangan. Bu kompaniyaning ishlab chiqarish siyosatidagi keskin o‘zgarishni tasdiqlaydi.

Avval Sony flagman qurilmalarni o‘zi ishlab chiqargan, bu esa yuqori sifat nazoratini ta’minlagan edi. Endi ishlab chiqarish tashqi kompaniyalarga topshirildi.

Mutaxassislar sifat pasayishidan xavotirda bo‘lishsa-da, Xitoydagi ilg‘or texnologiyali asl tovar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar (OEM) bunday xavflarni kamaytiradi. O‘zgartirish xarajatlarni qisqartirish va raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Sony yangi Xperia 1 VII flagman smartfonini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek