Rossiyalik deputat o‘zbeklarning «sibir ildizlari» haqidagi so‘zlari uchun uzr so‘radi

eʼlon qilindi
Siyosatchi ijtimoiy tarmoqlarda uzr so‘ragan bayonotini joylashtirdi
Deputat
Rossiyalik deputat o‘zbeklarning «sibir ildizlari» haqidagi so‘zlari uchun uzr so‘radi / Foto: Factologiya.com

Xanti-Mansiysk avtonom okrugi dumasi deputati Xolid Boyuqag‘a Tagi-zoda jamoatchilikda keskin munosabat uyg‘otgan bayonoti uchun uzr so‘radi. U ilgari Sibir go‘yoki o‘zbek xalqining tarixiy vatani ekanini aytgan edi.

Hududiy parlamentdagi chiqishidan bir necha kun o‘tib, siyosatchi ijtimoiy tarmoqlarda uzr so‘ragan bayonotini e’lon qildi.

Uning aytishicha, u tarixiy faktlarni buzishni ko‘zlamagan.

«Men migrantlarni Yugraga jalb qiluvchi omillar haqida taxminimni bildirdim. Ta’kidlashni istardimki, bu faqat taxmin edi, qat’iy da’vo emas. Fikrim esa turlicha talqin qilinishiga sabab bo‘ldi, bundan afsusdaman va bu gaplarim kimnidir ranjitgan bo‘lsa, chin dildan uzr so‘rayman», – dedi deputat.

U, shuningdek, Yugrada yashovchi xalqlarning madaniy merosi butun mintaqa aholisi uchun birlashtiruvchi omil bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston TIV o‘zbeklarga nisbatan haqoratli video bo‘yicha bayonot bergan edi.

Shuningdek