UzAutoSavdo saytining yangi versiyasi ishga tushdi

eʼlon qilindi
Saytda test-drive ishga tushdi
UzAutoSavdo saytining yangi versiyasi ishga tushdi / Foto: Sora sun’iy intellektida tayyorlandi

UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillarini masofadan turib xarid qilish uchun mo‘ljallangan saytining yangilangan versiyasini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya xabar berdi.

Yangilangan UzAutoSavdo platformasining asosiy ustunligi — avtomobil xaridining barcha bosqichlarini to‘liq onlayn tarzda amalga oshirish imkoniyatidir.

Endilikda xaridorlar avtomobil tanlash, shartnoma tuzish va to‘lovni masofadan turib bajara oladi. Dilerlik markaziga faqat avtomobilni qabul qilish uchun tashrif buyuriladi.

Foto:UzAutoSavdo

Ayni paytda uzautosavdo.uz sayti test rejimida faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, yangiilangan saytda test-drive bo‘limi ham qo‘shilgan. Unda foydalanuvchilar o‘ziga qulay hududda, saytda sotuvda mavjud bo‘lgan Damas, Labo, Onix, Tracker-2 va Captiva avtomobillarini haydab ko‘rishlari mumkin.

Foto:UzAutoSavdo

Avvalroq Kursiv Uzbekistan qaysi Chevrolet avtomobillarini navbatsiz sotib olish mumkinligi haqida yozgandi.

Shuningdek