Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oshadi
eʼlon qilindi
Prezident farmoni bilan

Davlat rahbari tomonidan imzolangan farmonga asosan, budjet muassasalari xodimlarining oylik ish haqi, pensiyalar, nafaqalar hamda stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vaziri, bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Qonunchilik palatasi yig‘ilishida ma’lum qildi.
Ushbu o‘zgarish inflyatsiya darajasidan past bo‘lmagan ko‘rsatkichni tashkil qiladi.
Jamshid Qo‘chqorov Qonunchilik palatasida chiqish qilib, mazkur farmon yaqin soatlarda rasman jamoatchilikka e’lon qilinishini bildirdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ish vaqtidan tashqari mehnatga haq to‘lashni o‘zgartirish taklif qilingani haqida yozgandi.