Farg‘onada Xitoy bilan $20 millionlik IT shartnomalar imzolandi

eʼlon qilindi
Viloyat hokimi boshchiligida
Farg‘onada Xitoy bilan $20 millionlik IT shartnomalar imzolandi / Foto: Pexels.com

Farg‘ona viloyatida IT sohasida yirik xalqaro kelishuv amalga oshdi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Pekin shahridagi Shuni rayoni delegatsiyasi bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazdi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Uchrashuvda iqtisodiy, investitsiyaviy va axborot texnologiyalari yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar O‘zbekiston – Xitoy strategik sherikligi yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidlashdi.

Natijada Farg‘onadagi IT Park rezidenti «Innotech Solutions» MChJ va Shuni rayoni Mapo shaharchasi xalq hukumati o‘rtasida dasturiy mahsulotlardan foydalanishga oid $20 mlnlik shartnomalar imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 132 eksportchi kompaniya IT Park rezidenti bo‘lgan edi.

Shuningdek