Starlink samolyotda internet tezligini 400 Mbit/sekundgacha oshirdi

eʼlon qilindi
Starlink United Airlines, Hawaiian Airlines va JSX aviatsiyalarida mavjud
Starlink
Starlink samolyotda internet tezligini 400 Mbit/sekundgacha oshirdi / Foto: MikeMareen / depositphotos.com

May oyida United Airlines aviatashuvchisi Starlink sun’iy yo‘ldosh internet texnologiyasini o‘z reyslarida joriy etdi. Bu haqda Science nashri xabar berdi. So‘nggi sinovlar natijasiga ko‘ra, samolyot bortida 405 Mbit/sekundgacha internet tezligi qayd etildi – bu esa avvalgi 300 Mbit/sekund ko‘rsatkichidan ancha yuqori.

Shu tariqa u Hawaiian Airlines va JSX’dan keyin Shimoliy Amerikadagi Starlink’dan foydalanayotgan eng yirik aviakompaniyaga aylandi.

Starlink sun’iy yo‘ldoshlari yerga yaqin orbitada harakatlanadi, bu esa signal uzatishdagi kechikishlarni kamaytirib, yuqori tezlikda va uzluksiz internet xizmatini taqdim etishga yordam beradi. Bu texnologiya avvalgi samolyot Wi-Fi tizimlarida kuzatilgan barqarorlik muammolarini hal qiladi.

Foto: bscholl

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Italiya Starlink bilan kelishuvdan voz kechishi mumkinligi haqida yozgandi.

Shuningdek