Yangilangan Chevrolet Cobalt 2025 qachon chiqadi

4-iyun 2025 16:55 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Yangilangan Chevrolet Cobalt
Foto: Avto.ru

Ijtimoiy tarmoqlarda yangilangan Chevrolet Cobalt avtomobili ishlab chiqarilishiga oid tasvirlar tarqaldi. Tarqalgan tasvirlarda Chevrolet Cobaltning dizayni va narxi yangilanishi, model sentabr oyida taqdim etilishi aytiladi. Kursiv Uzbekistan nashri «O‘zavtosanoat» AJ matbuot xizmatiga bir nechta savollar bilan murojaat qildi.

Tahririyat taqdim etgan savollar quyidagicha:

  1. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Yangi Chevrolet Cobalt mashinasi sentabrdan chiqishi rostmi?
  2. Chevrolet Cobalt narxi oshishi kutilmoqdami?
  3. Yangilangan Chevrolet Cobalt mashinasi yangilansa saloni qanday o‘zgarishlarga ega bo‘ladi?

Kompaniyaning javobi quyidagicha bo‘ldi:

«Cobalt avtomobilining yangi modeli narxi, texnik xususiyatlari, dizayni va chiqarilish muddati haqidagi ma’lumotlar tijorat ma’lumoti hisoblanadi. Yangi modelga oid barcha yangiliklar kompaniyaning rasmiy axborot kanallarida e’lon qilinadi», – dedi kompaniya matbuot xizmati xodimi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video:

Video: Ijtimoiy tarmoq

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Cobalt Midnight avtomobilini navbatsiz sotib olish haqida yozgan edi.

Shuningdek