O‘zbekistondan Rossiyaning 15 dan ortiq shaharlariga yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Centrum Air aviakompaniyasi iyun oyidan boshlab Rossiyaning yirik shaharlariga 15 dan ortiq yangi yo‘nalishlarni ishga tushiradi. Bu haqda aviakompaniya «Kursiv» nashriga ma’lum qildi.
Yangi reyslar Samarqand, Namangan, Urganch va Toshkent shaharlaridan amalga oshiriladi.
«Yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish – mintaqalarni rivojlantirish va millionlab yo‘lovchilar uchun havo transporti qatnovlarining mavjudligi va qulayligini yaxshilashga qo‘shgan hissamizdir. Biz O‘zbekistonning har bir fuqarosi qulay, tez va maqbul narxlarda sayohat qila olishini istaymiz», – dedi Centrum Air asoschisi va kuzatuv kengashi raisi Abdullaziz Abdurahmonov.
Unga ko‘ra, Samarqanddan:
- Moskva (VKO) – 3 ta reys/haftasiga (25-iyundan);
- Sankt-Peterburg (LED) – 2 ta reys/haftasiga (26-iyundan);
- Xabarovsk (KHV) – 1 ta reys/haftasiga (27-iyundan);
- Vladivostok (VVO) – 1 ta reys/haftasiga (23-iyundan).
Namangandan:
- Moskva (SVO) – 3 ta reys/haftasiga (22-iyundan);
- Novosibirsk (OVB) – 2 ta reys/haftasiga (23-iyundan);
- Sankt-Peterburg (LED) – 2 ta reys/haftasiga (25-iyundan).
Urganchdan:
- Sankt-Peterburg (LED) – 2 ta reys/haftasiga
- Moskva (SVO) – 3 ta reysgacha;
- Mineral Suvlar – 1 ta reys/haftasiga.
Toshkentdan Moskvaga haftasiga 6 ta reysgacha amalga oshiriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Centrum Air’ning yangi Airbus A320neo (UK32075 reysi) samolyoti Tuluza shahridan Toshkentga yetib kelgani haqida yozgandi.