Qozogʻiston bilan chegaradagi tirbandliklar bartaraf etildi – Bojxona qo‘mitasi

eʼlon qilindi
Chegara holati aks etgan surat e’lon qilindi
Qozogʻiston bilan chegaradagi tirbandliklar bartaraf etildi / Foto: Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi «Navoiy» – «Kaplanbek» nazorat-o‘tkazish punktida yuzaga kelgan tirbandliklar bartaraf etilganini ma’lum qildi.

Qo‘mita matbuot xizmati 4-iyun kuni kechqurun chegara holatini aks ettirgan suratni ham e’lon qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Navoiy» chegara bojxona posti orqali harakatlar soni keskin ko‘paygani va uni bartaraf etish uchun qo‘shimcha kuchlar safarbar qilingani haqida yozgandi.

Keyinchalik Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Husan Tangriyev hayit bayrami kunlari bu raqamlar yanada ortishini bildirgandi. Muammoni hal qilish maqsadida esa idora nazorat-o‘tkazish punktiga yuzdan ortiq xodimlar yuborilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara bojxona xizmatlari mas’ullari sayyor uchrashuv o‘tkazib, chegaradagi tirbandliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni muhokama qilishgan.

Shuningdek