O‘zbekiston uchta davlat bo‘ylab birinchi pilot yuk tashuvini tashkil qildi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy – Mo‘g‘uliston
O‘zbekiston uchta davlat bo‘ylab birinchi pilot yuk tashuvini tashkil qildi / Foto: Transport vazirligi

Transport vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi hamkorligida O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy – Mo‘g‘uliston koridori bo‘ylab birinchi pilot yuk tashuvi amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi yo‘nalish orqali eksport-import yuklari hajmini oshirish, savdo aloqalari geografiyasini kengaytirish va tovarlarni yetkazib berish muddatlarini qisqartirish mumkin bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 21-may kuni Xitoyning eng yirik portlaridan biri hisoblangan Tyanjin portidan O‘zbekistonga birinchi yuk poyezdi yo‘lga chiqqani haqida yozgandi.

Yangi ochilgan Tyanjin – Toshkent temir yo‘l yo‘lagi esa yuk tashish masofasini 800 km.ga qisqartirib, yetkazib berish muddatini kamaytiradi. Shuningdek, transport xarajatlarini sezilarli darajada pasaytiradi.

Shuningdek