1-avgustdan Toshkent — Mumbay aviaqatnovi yo‘lga qo‘yiladi

eʼlon qilindi
Reyslar haftasiga to‘rt marta
1-avgustdan Toshkent — Mumbay aviaqatnovi yo‘lga qo‘yiladi / Foto: Uzbekistan Airports

1-avgustdan boshlab Hindistonning yirik loukoster aviakompaniyasi IndiGo Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlarni boshlaydi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Reyslar haftasiga to‘rt marta — dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.

IndiGo — bosh qarorgohi Gurgaon shahrida joylashgan Hindistonning eng yirik xususiy aviatashuvchisi bo‘lib, qatnovlar soni va samolyotlar parki bo‘yicha mamlakatda yetakchilik qiladi. Aviakompaniya 2023-yil sentabrdan boshlab Dehli – Toshkent – Dehli yo‘nalishida ham muntazam qatnovlarni amalga oshirib kelmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan IndiGO aviakompaniyasi Pokiston hind aviakompaniyalari uchun havo hududini yopgani sababli Dehlidan Toshkentga parvozlarni 7-mayga qadar to‘xtatgani haqida yozgandi.

Shuningdek