Osiyo taraqqiyot banki Qambarota GES-1 uchun 150 mln dollargacha ajratishi mumkin

eʼlon qilindi
GES qurilishining umumiy qiymati $3,6 mlrd
Osiyo taraqqiyot banki Qambar-Ota GES-1 uchun 150 mln dollargacha ajratishi mumkin / Foto: Gary Walker-Jones / Unsplash

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Qirg‘izistonda qurilishi rejalashtirilgan Qambarota GES-1 loyihasining birinchi bosqichi uchun $130 – $150 mln ajratishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Energetika vazirligi moliyaviy institut rahbariyati bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunida xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, OTB loyiha uchun moliyaviy, ekspert va texnik ko‘mak ko‘rsatishda muhim rol o‘ynashi mumkin.

Uchrashuv davomida tomonlar investitsiyaviy hamkorlik shartlarini va loyihaga boshqa potentsial ishtirokchi – Jahon banki (JB) bilan moliyalashtirish bosqichlarini muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qilishdi.

Qirg‘iziston Energetika vazirligi vakillari elektr stansiyani barpo etish katta investitsiyalar va ishonchli hamkorlarning ishtirokini talab qilishini ta’kidladi. JB va Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeTB) har biri $500 mln sarmoya kiritishga tayyorligini bildirgan.

GES qurilishining umumiy qiymati $3,6 mlrd deb baholanmoqda. Loyiha doirasida Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorlik qilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent viloyatida 40 ta mikro GES qurish uchun yer maydoni ajratilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek