Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston milliy terma jamoasini g‘alaba bilan tabrikladi

6-iyun 2025 09:27 eʼlon qilindi

(7-iyun 2025 00:27 yangilandi)
Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Prezident
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston milliy terma jamoasini g‘alaba bilan tabrikladi / Foto: President.uz

5-iyun kuni JCH 3-saralash bosqichi 9-turidan o’rin olgan BAA – O’zbekiston uchrashuvi bo’lib o’tdi. Milliy terma jamoa durang natija qayd etib, Jahon Chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shavkat Mirziyoyev terma jamoa a’zolariga o‘z tabrigini yo‘lladi.

«Mana shu munavvar oqshomda – qutlug‘ zafar ayyomida ko‘pmillatli butun O‘zbekiston xalqi sizlar bilan haqli ravishda faxrlanmoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Saralash o‘yinlari naqadar kuchli raqobat ostida, keskin va shiddatli kurashlarda o‘tgani, terma jamoamizga nisbatan turli bosimlar bo‘lganiga qaramasdan, sizlar zarur ochkolarni jamg‘arib, azmu shijoatli Yangi O‘zbekiston yoshlari qanday yuksak marralarni egallashga qodir ekanini yana bir bor amalda isbotladingiz», – dedi prezident o‘z nutqida.

Shuningdek, terma jamoa a’zolari va murabbiysi Timur Kapadzeni «O‘zbekiston iftixori» unvoni bilan taqdirlash haqida farmonni imzoladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston Jahon chempionatiga chiqqani haqida yozgandi.

Shuningdek