Buxoroda o‘nta davlatdan kelgan hunarmandlar ipak va ziravorlarni taqdim etdilar

eʼlon qilindi
«Palov sayli» ham tashkil etildi
Buxoroda o‘n davlatdan kelgan hunarmandlar ipak va ziravorlarni taqdim etdilar / Foto: «Dunyo» AA

Buxoro shahrida XXI an’anaviy xalqaro «Ipak va ziravorlar» festivali boshlandi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Tadbirda Afg‘oniston, Eron, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston kabi davlatlardan 50 dan ortiq xorijiy hunarmandlar, shuningdek, O‘zbekistonning barcha hududidan 200 dan ziyod mahalliy ustalar ishtirok etmoqda.

Festival an’anaga muvofiq «Ark» qo‘rg‘onidan «Labi hovuz»gacha bo‘lgan tantanali yurish bilan boshlandi. Tadbir davomida folklor jamoalar chiqishlari, hunarmandchilik bo‘yicha mahorat darslari, ipak mahsulotlari va ziravorlar ko‘rgazmalari, moda namoyishlari hamda «Palov sayli» tashkil etilmoqda.

Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Botirjon Shaxriyorovning ta’kidlashicha, festival nafaqat madaniy hordiq, balki hunarmandchilik an’analarini asrash, yoshlarni milliy merosga hurmat ruhida tarbiyalash va turizmni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

«Ipak va ziravorlar» festivali bugun Buxoroni yana bir bor xalqaro e’tibor markaziga olib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Mudofaa texnologiyalari festivali bo‘lib o‘tgan edi.

Shuningdek