Prezident xorijiy investorlar delegatsiyasini qabul qildi

eʼlon qilindi
Bir necha muhim sohalarda hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Prezident xorijiy investorlar delegatsiyasini qabul qildi / Foto: President.uz

7-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev «Al Mirqab Capital» kompaniyasi raisi Hamad bin Jassim Ol Soni va «Blackrock» kompaniyasi katta direktori Adebayo Ogunlesi boshchiligidagi xorijiy investorlar delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda yirik infratuzilma va sanoat loyihalarini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish, gaz va elektr tarmoqlari, suv ta’minoti, energiya ishlab chiqarish, temir yo‘l qurilishi kabi sohalarda hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi.

Muzokaralar yakunida istiqbolli loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqishga kelishildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev «Markaziy Osiyo – Italiya» sammitida ishbilarmonlar klubi tashkil etishni taklif qilgan edi.

Shuningdek