GM ikkita avtomobili uchun yangilanish taqdim etdi

8-iyun 2025 11:30 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
GM
GM ikkita avtomobili uchun yangilanish taqdim etdi / Foto: Edmunds

GM kompaniyasi 2025-yilgi Chevrolet Silverado va GMC Sierra pikaplari uchun yangi dasturiy ta’minot yangilanishini taqdim etdi. Bu haqda 32cars nashri xabar bermoqda.

N25-250380 kodli yangilanish avtomobil egalari uchun mavjud bo‘lib, u multimedia tizimi va boshqa funksiyalarni yaxshilashga qaratilgan.

Foto: Top Gear

Yangilanishda asosan quyidagi o‘zgarishlar mavjud: dasturiy ta’minotning ishlash samaradorligi oshirildi, audio tizimdagi muammolar bartaraf etildi hamda Bluetooth ulanishining sifatini yaxshilash amalga oshirildi. Shuningdek, haydovchi displeyining faolsizlanishi muammosi hal qilindi, USB portlari va rul ustidagi tugmalar yanada samaraliroq ishlay boshlagani qayd etilmoqda.

Ushbu yangilanish «havo orqali» (OTA) o‘rnatiladi va taxminan 15 daqiqa davom etadi. Muhimi, o‘rnatish jarayonida avtomobil o‘chirilgan holda qolishi kerak. Qiziqarli jihati shundaki, haydovchi salonni tark etgach ham radio 5 daqiqagacha ishlashda davom etishi mumkin.

Foto: GMC.com

E’tiborli jihati, yangilanish faqat 2025-yilgi yangi modellarga mo‘ljallangan. 2022, 2023 va 2024 yillarning modellari ham o‘xshash multimedia tizimlariga ega bo‘lsa-da, yangilanishni qo‘llab-quvvatlanmaydi. Buning sabablari ochiqlanmagan.

Ushbu yangilanish GM transport vositalarida dasturiy ta’minotni takomillashtirish, qulaylik va funksionallikni oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning davomidir. Yangilanishlar orqali avtomobillarda yuzaga kelayotgan dasturiy muammolar bartaraf qilinadi hamda foydalanuvchi tajribasi yaxshilanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet Traverse zaxiralari may oyida biroz yaxshilangani haqida yozgan edik.

Chevrolet Traverse modeli uchun esa zaxira 23 kundan 26 kunga ko‘tarildi. Bu muvozanatga yaqinlashayotgan belgidir. Hozirda 7 000 ga yaqin yangi Traverse avtomobili dilerlarga yo‘l olgan.

Shuningdek