Xitoy kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda jamoat transportini yangilashga yordam beradi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Birinchi bosqichda avtobuslar va raqamli boshqaruv tizimi yetkazib beriladi
Avtobus
Xitoy kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda jamoat transportini yangilashga yordam beradi / Foto: Yutang

Xitoyning Datatek technology kompaniyasi Qoraqalpog‘iston jamoat transporti tizimini rivojlantirishda ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi xabar bermoqda.

Kompaniya rahbariyati bilan Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi Raisi Farxod Ermanov o‘rtasidagi uchrashuvda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Datatek technology kompaniyasi ekologik toza avtomobillarni sotib olishga sarmoya kiritishdan manfaatdorligi qayd etilgan.

Hamkorlikning birinchi bosqichida investor va viloyat hokimiyati avtobuslar xarid qilishni va transportni boshqarishning raqamli tizimini rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Kelajakda Datatek technology yo‘l haqini naqd pulsiz to‘lash tizimini joriy etishni kutmoqda.

Avvalroq Andijon, Samarqand va Buxoroda jamoat transportlarining narxlarini asossiz oshirish hamda yo‘lovchiga qo‘pol muomala qilish holatlari kuzatilgani haqida ma’lum qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Urganch shahriga 30 ta zamonaviy avtobus olib kelingani haqida yozgan edi.

Shuningdek