
Eng ko‘p maqtov olgan smartfonlar reytingi e’lon qilindi. AnTu Tu yozishicha, Honor Magic 7 RSR yetakchilik qilmoqda.
Eng ko‘p ijobiy fikrga ega smartfon sifatida Honor Magic 7 RSR tan olindi. Ushbu modelga bildirilgan fikrlarning 99,05 foizi ijobiy bo‘lgan.
AnTuTu vakillariga ko‘ra, bu smartfon nafaqat kuchli ishlash ko‘rsatkichlari, balki kamerasi, batareya quvvati, displey sifati va dizayni bilan ham foydalanuvchilarni xursand qilmoqda. Ayniqsa, Porsche Design dizayni alohida maqtovga sazovor bo‘lgan.

Ikkinchi o‘rinni Huawei Mate 70 Pro+ egalladi – foydalanuvchilarning 98,76 foizi ushbu modeldan mamnun.
Uchinchi o‘ringa esa yaqin kunlarda taqdim etilgan Xiaomi 15S Pro ko‘tarildi. Ushbu model o‘zining yangi Xring O1 nomli protsessori bilan ajralib turadi. U Qualcomm Snapdragon o‘rniga ishlab chiqilgan va foydalanuvchilar tomonidan unumdorlik hamda avtonom ishlash bo‘yicha yuqori baholanmoqda.

O‘rin | Smartfon nomi | Yaxshi baho (%) |
---|---|---|
1 | Honor Magic7 RSR Porsche Design | 99.05% |
2 | Huawei Mate 70 Pro+ | 98.76% |
3 | Xiaomi 15S Pro | 98.62% |
4 | Huawei Mate 70 RS Extraordinary Master | 97.39% |
5 | Honor Magic6 Ultimate Edition | 97.30% |
6 | Xiaomi 15 Ultra | 96.63% |
7 | OPPO Find X8s | 96.36% |
8 | vivo X200 Ultra | 95.74% |
9 | OPPO Find X8 Ultra | 95.15% |
10 | Samsung Galaxy S24+ | 94.34% |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri kamerasi iPhone’dan kuchliroq smartfon taqdim etilgani haqida yozgan edi.