2030-yilga kelib Kobuldagi barcha ichimlik suvi manbalari tugashi mumkin

eʼlon qilindi
Mercy Corps nodavlat tashkiloti hisobotiga ko‘ra
2030-yilga kelib Kobuldagi barcha ichimlik suvi manbalari tugashi mumkin / Foto: Wakil Kohsar/AFP/Getty Images

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida yer osti suv zaxiralari so‘nggi o‘n yilda 30 metrga pasayib, 7 mln aholining hayoti xavf ostida qoldi. Bu haqda The Guardian nashri ma’lum qildi.

Mercy Corps nodavlat tashkiloti hisobotiga ko‘ra, shahar suv quduqlarining yarimdan ko‘pi qurib qolgan, suv olish tabiiy tiklanishdan 44 mln kub metrga oshib ketmoqda. Agar holat davom etsa, 2030-yilga kelib Kobulning barcha ichimlik suvi manbalari tugashi mumkin.

Suvning ifloslanishi ham jiddiy muammo: yer osti suvining 80 foizi chiqindi suv, sho‘rlik va arsenik bilan zaharlangan. Odamlar suv uchun daromadlarining katta qismini sarflamoqda, ko‘pchilik esa suv uchun qarzga botgan.

Shahar aholisi tez o‘sishi, nazoratsiz suv qazib olish va siyosiy muammolar inqirozni kuchaytirmoqda. Hozirgi vaqtda Panjshir daryosidan suv olib kelish loyihasi rejalashtirilmoqda, ammo mablag‘ va vaqt yetishmayapti.

Mutaxassislar zudlik bilan xalqaro yordam va uzoq muddatli chora-tadbirlarni talab qilmoqda. Aks holda, Kobul yaqin kelajakda suv tanqisligi sabab hayot uchun jiddiy xavfga duch keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zR Ekologiya vaziri muzliklarning Markaziy Osiyo suv xavfsizligida muhim o‘rin tutishi haqida bayonot bergan edi.

Shuningdek