Chevrolet Cobalt avtomobillari xavfli poygada ishtirok etdi

9-iyun 2025 12:54 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Cobalt avtomobillari xavfli poygada ishtirok etdi / Foto: «Avtodrom Sokol»

Shu yilning 31-may va 1-iyun kunlari Qozog‘istonning Olmaota viloyatida joylashgan Sokol sport majmuasida Asia Auto Gymkhana Championship musobaqasining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Avtoe’lon xabar bermoqda.

Bu musobaqaning eng e’tiborli jihatlardan biri – Chevrolet Cobalt sedanlarining qatnashganidir. Ular aynan bitta sinfda, bir xil konfiguratsiyadagi avtomobillar sifatida maydonga chiqarildi. Maqsad mashinaning emas, haydovchining mahoratini sinash bo‘lgan.

Gymkhana nima

Gymkhana (yoki avtomobil slalomi) – bu haydovchilar turli to‘siqlardan iborat maxsus trassani eng qisqa vaqtda bosib o‘tishda bellashadigan sport turi. Trassada konuslar, bochkalar, 180 yoki 360 gradus burilishlar, «sakkizlik» shaklidagi harakatlar va boshqa manevrlar bo‘ladi. Haydovchi nafaqat tez harakatlanishi, balki trassa shaklini eslab qolib, to‘g‘ri tartibda o‘tishi ham kerak.

Bu sport turi ilk bor Yaponiyada keng ommalashgan va hozirda Osiyo bo‘ylab mashhur.

Foto kollaj: Avtoe’lon

Musobaqada 8 ta mamlakatdan jamoalar ishtirok etdi: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Hindiston, Tayvan, Banglades, Singapur va Gonkong.

Chevrolet Cobalt avtomobillari avtomatik uzatmalar qutisi bilan maydonga chiqqan.

Bu kabi musobaqalarda odatda kuchli sport mashinalari ishtirok etadi. Shu bois Cobalt’ning Gymkhana’da qatnashishi – noodatiy hol hisoblanadi va bu marketing yurishi sifatida katta qiziqish uyg‘otdi.

Video: Sokol internatsional circuit

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangilangan Chevrolet Cobalt 2025 qachon chiqishi va Chevrolet Cobalt uch yilda ishdan chiqadigan avtomobillar qatoriga kirgani haqida yozgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, bu model o‘zining qulay narxi, soddaligi va iqtisodiy yoqilg‘i sarfi bilan ko‘pchilikning e’tiborini qozongan. Cobalt 1,5 litrli benzinli dvigatel, avtomat yoki mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi. Uning saloni oddiy, ammo kundalik foydalanish uchun yetarlicha qulay. Shuningdek, ehtiyot qismlarining arzonligi va texnik xizmat ko‘rsatishdagi qulaylik uni yanada ommalashtirgan.

Shuningdek