O‘zbekiston – Qatar o‘yiniga kirish uch soat oldin boshlanadi

9-iyun 2025 14:50 eʼlon qilindi

(9-iyun 2025 20:56 yangilandi)
Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
O‘zbekiston – Qatar o‘yiniga kirish uch soat oldin boshlanadi. Foto: O‘FA

10-iyun kuni «Bunyodkor» stadionida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichining soʻnggi uchrashuvida Qatarga qarshi maydonga tushadi. O‘FA muxlislarni o‘yinni tomosha qilish uchun ertaroq kelishga chaqirdi. O‘yin soat 18:45 da boshlanadi.

Mazkur bahs oldidan terma jamoaning «JCh – 2026» yoʻllanmasini qoʻlga kiritgani munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etiladi. Shu sababli uchrashuvga chipta olgan barcha muxlislar stadionga imkon qadar ertaroq kelib, oʻz joylarini egallashi kerak.

Stadion eshiklari uchrashuv boshlanishidan 3 soat oldin soat 15:45 dan ochiladi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston – Qatar o‘yini chiptasi OLX’da paydo bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek