Surxondaryoda 900 milliard so‘mlik «Sangardak» turistik markazi qurilmoqda
eʼlon qilindi
Loyiha 615 gektar maydonni qamrab olgan

Surxondaryo viloyatida turizm salohiyatini oshirish maqsadida umumiy qiymati 913,3 mlrd so‘m bo‘lgan «Sangardak» turistik markazi barpo etilmoqda. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar qildi.

Loyiha 615 gektar maydonni qamrab olib, unda 21 ta restoran, kafe va barlar, 296 ta savdo nuqtasi, 4 ta 3 yulduzli va 2 ta 5 yulduzli mehmonxonalar, 10 ta mehmon uylari, sanatoriy va madaniy hordiq maskani hamda 1,6 km dor yo‘li, zip-line va piknik hududlari tashkil etiladi.

Dor yo‘lining boshlanish nuqtasi va tirgaklarni betonlash ishlari allaqachon yakunlangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Denovda 980 milliard so‘mlik «Denov Siti» loyihasiga start berilgani haqida yozgandi.