Huawei Pura 80 yangi kamera imkoniyatlari bilan taqdim etiladi

9-iyun 2025 17:25 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Huawei Pura 80 yangi kamera imkoniyatlari bilan taqdim etiladi / Foto: GSMArena

Huawei Pura 80 yangi video imkoniyatlari bilan taqdim etiladi. Bu haqda GSMArena texnologiyalar nashri xabar bermoqda.

Huawei Pura 80 seriyasi atigi ikki kundan so‘ng namoyish etiladi. Yangi modellarda, ayniqsa, kamera imkoniyatlari kuchaytirilgan.

Huawei’ning aytishicha, yangi telefonlar kam yorug‘likda ham aniq va tiniq video olishga qodir bo‘ladi. Dinamik diapazon ham yaxshilangan – bu yorug‘ va qorong‘i joylarni tabiiy ko‘rsatishga yordam beradi.

Shuningdek, smartfonda «vivid mode» deb nomlangan yangi video rejimi bo‘lishi aytilmoqda. Bu rejimda ranglar tiniqroq, yorqinroq va tabiiy ko‘rinadi.

Kamera imkoniyatlari:

  • Pura 80 Pro va Ultra modellari 1 dyuymli asosiy kamera sensori bilan chiqadi;
  • Ob’ektivda o‘zgaruvchan diafragma va RYYB rang filtri mavjud;
  • 50 MP periskop kamera (1/1.3 dyuymli sensor) va 50 MP ultrakeng burchakli kamera bilan to‘ldiriladi.
Video: GSMArena

Ma’lumot uchun, Huawei – Xitoyning yirik texnologik kompaniyasi bo‘lib, 1987-yilda Ren Chjenfey tomonidan asos solingan. Kompaniya asosan smartfonlar, sun’iy intellekt, telekommunikatsiya uskunalari va 5G texnologiyalari bilan mashhur.

Huawei global bozorda Apple va Samsung bilan raqobatlashadi. AQSh sanksiyalaridan keyin o‘zining HarmonyOS operatsion tizimini ishlab chiqdi va ichki bozorga ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Bugungi kunda kompaniya smartfon kamerasi sifati va sun’iy intellektli funksiyalar bilan ajralib turadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 5-iyun kuni Huawei kompaniyasi yaqin orada taqdim etilishi kutilayotgan Pura 80 Pro+ smartfoni haqida rasmiy tizerni e’lon qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek