Energiya xarajatlari bo‘yicha kompensatsiyaga arizalar qabul qilinmoqda

eʼlon qilindi
Bugungi kungacha 277 719 ta ariza kelgan
Kompensatsiyaga arizalar qabul qilinishda davom etmoqda / Infografika: Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lumotiga ko‘ra, elektr va gazdan foydalanish xarajatlarini qoplash maqsadida aholining murojaatlari qabul qilinmoqda. Bugungi kungacha 277 719 ta oila ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun ariza topshirgan.

Shu kungacha taqdim etilgan arizalarning 240 018 tasi ijtimoiy himoya reyestri yoki kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatiga kiritilganlarga tegishli. Qolgan 37 701 ta ariza esa ushbu ro‘yxatda bo‘lmagan, ammo og‘ir sharoitda yashayotgan oilalar tomonidan yuborilgan.

Hozirda arizalar ko‘rib chiqilmoqda, ehtiyoj darajasi baholanmoqda va zaruratga qarab kompensatsiyalar belgilanmoqda. Ushbu mexanizm iqtisodiy jihatdan qiynalayotgan fuqarolarga yordam ko‘rsatishga qaratilgan.

Kompensatsiyaga ariza topshirish uchun fuqarolar o‘z mahallasidagi ijtimoiy xodimga, «Inson» ijtimoiy markazlariga murojaat qilishlari yoki 1140 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan gaz va svet uchun kompensatsiyaga arizalar qabuli boshlangani haqida yozgandi.

Shuningdek