Toshkent viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi
eʼlon qilindi
Jami $1,7 ming qiymatdagi

Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ikki fuqaro boshqa bir fuqaroga 500 dona «Zardeks» nomli dori vositasini $1,7 ming va 650 ming so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda 143,4 million so‘mlik aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi fosh etilgan edi.