Eron Isroilga zarba berishni to‘xtatish va yadro qurolidan voz kechishga tayyor

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Tehron tinch yadroviy energiya sohasidagi qonuniy huquqlarini cheklovchi kelishuvga rozi bo‘lmaydi
Eron Isroilga zarba berishni to’xtatish va yadro qurolidan voz kechishga tayyor / Foto: Anton Denisov/ «RIA Novosti»

Eron mamlakat yadro quroliga ega emasligini kafolatlovchi bitim tuzishga tayyorligini bildirdi, dedi Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi.

Vazirning qayd etishicha, Tehron tinch yadroviy energiya sohasidagi qonuniy huquqlarini cheklovchi kelishuvga rozi bo‘lmaydi. Araqchining soʻzlariga koʻra, hammasi kelishuv maqsadlariga bogʻliq: agar u xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan boʻlsa, Eron muloqotga ochiq, lekin agar gap suveren huquqlardan mahrum qilish haqida ketsa, kelishuv boʻlmaydi.

U, shuningdek, Isroil bilan keskinlashuvga izoh berdi. Araqchining aytishicha, Eron Tel-Aviv agressiyasini to‘xtatsagina javob choralarini to‘xtatadi. Vazirlikning fikricha, Isroil hujumlari Eron va AQSh o‘rtasidagi yadroviy muzokaralarning ehtimoliy qayta tiklanishini buzishga urinish bo‘lgan.

Tashqi ishlar vazirining qoʻshimcha qilishicha, Eron Amerika tomondan norasmiy diplomatik kanallar orqali xabarlar olgan. Ularda AQSh Isroilning harakatlariga aloqador emasligi haqida da’vo qilingan. Biroq Tehron bu kabi bayonotlarga shubha bilan qaraydi va aniq jamoatchilik pozitsiyasini talab qiladi.

Araqchining soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar oʻzining ishtiroki yoʻqligini aniq bayon qilishi va Eron yadro inshootlariga berilgan zarbalarni qoralashi kerak. Shuningdek, u xalqaro tashkilotlar va jahon hamjamiyatini sodir bo‘layotgan voqealarga e’tibor qaratishga va vaziyat keskinlashuviga qarshi turishga chaqirdi.

Avvalroq Eron raketasining Tamra shahriga tushishi oqibatida to‘rt ayol halok bo‘lgani haqida yozgan edik.


Shuningdek