Tunda yo‘llangan Eron raketalari oqibatida uch nafar isroillik halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
67 kishi shifoxonaga yotqizildi
Tunda yo‘llangan Eron raketalari oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi / Foto: Magen David Adom

Bugun tunda (15-iyundan 16-iyunga o‘tar kechasi) yo‘llangan Eron raketalari oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 67 kishi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Times of Israel xabar bermoqda.

Eron tomonidan otilgan ballistik raketalar Isroilning markaziy hududlariga tushdi. Magen David Adom tibbiy xizmati xabariga ko‘ra, hujum natijasida kamida 3 kishi halok bo‘lgan. 67 kishi turli darajadagi tan jarohatlari va ruhiy zarba bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Yaralanganlardan biri 30 yoshdagi ayol og‘ir ahvolda, 6 kishi o‘rtacha darajada, qolganlar esa yengil jarohatlar olgan yoki kuchli qo‘rquvga uchragan.

Raketalar markaziy Isroildagi bir nechta inshootlarga tushgan, ayniqsa, Bat Yam shahridagi binolar jiddiy zarar ko‘rgan. Qutqaruvchilar binolardan uch nafar jasadni ham topishgan.

Shuningdek, Isroil tomonidan Eronning Parchin yadroviy tadqiqot markazi va Fordo hududida ham zarbalar berilgani xabar qilinmoqda.

“Ular ehtimol urishishni davom ettirishi mumkin, lekin umid qilamanki, kelishuvga erishiladi», deya fikr bildirgan Donald Tramp.

Video: N12News / X

Mazkur hujumlar Isroilning 13-iyun kuni «Yuksalayotgan sher» nomli operatsiyasini boshlagach yuzaga keldi. Ushbu operatsiya Eronning yadroviy dasturiga qarshi yo‘naltirilgan edi.

Isroil yetakchilarining ta’kidlashicha, hujum Eronning yadroviy bombaga ega bo‘lishining oldini olishga qaratilgan. Mamlakat uranni qurol darajasidan qisqa, texnik bosqichda boyitmoqda. Eron uzoq vaqtdan buyon o‘z dasturi tinch ekanini ta’kidlab keladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Eron tashqi ishlar vazirining bayonoti haqida yozgan edi. Eron mamlakat yadro quroliga ega emasligini kafolatlovchi bitim tuzishga tayyorligini bildirgan.

Shuningdek