Eron hujumi oqibatida Isroilda halok bo‘lganlar soni 20 nafarga yetdi

eʼlon qilindi
Hozirda ballistik raketalar tushgan to‘rt joydan ikkitasida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda
Eron hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 20 nafarga yetdi / Foto: Jalaa MAREY / AFP

Eron hujumi oqibatida Isroilda halok bo‘lganlar soni 20 nafarga yetdi. Bu haqda Time of Israel nashri xabar bermoqda.

Kecha tunda Eron tomonidan Isroilga qarshi amalga oshirilgan ballistik raketa hujumida yana bir kishi halok bo‘ldi. Rasmiylarga ko‘ra, 80 yoshdan oshgan erkakning jasadi Bney Brak shahridagi raketadan zarar ko‘rgan binodan olib chiqilgan.

Foto: Atta KENARE / AFP 

Shu bilan hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni to‘rt nafarni tashkil etdi. Umumiy Isroil – Eron mojaro davomida vafot etganlar soni esa 20 nafarga yetdi. Hozirda ballistik raketalar tushgan to‘rt joydan ikkitasida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Magen David Adom tez yordam xizmati ma’lumotiga ko‘ra, raketa hujumlarida 87 kishi jarohat olgan. Ulardan biri – yuzidan og‘ir jarohat olgan ayol, besh nafari o‘rtacha darajada tan jarohatlari olgan. Qolgan 81 nafar kishi esa yengil jarohatlar yoki ruhiy zarbaga uchragan.

2025-yil 15-iyun kuni Eron janubidagi Shiraz raketa inshootlarida yonayotgan yong‘inlar ko‘rsatilgan. Foto: PLANET LABS PBC / AFP)

Isroil Milliy xavfsizlik maslahatchisi Tzachi Hanegbi esa Eronning hali ham minglab ballistik raketalarga ega ekanligini bildirdi. Unga ko‘ra, bu mojaro uzoq muddatli yechim emas. Eron tahdidi hanuz kuchli bo‘lib qolmoqda. Oldinroq harbiy tahlilchilar Eronning 1 500 – 2 000 raketasi bor deb hisoblagan. Biroq ularning ayrimlari allaqachon uchirilgan va bir qismi Isroil tomonidan yo‘q qilingan.

Avvalroq Isroil mudofaa kuchlari Tehron shahrida joylashgan Quds kuchlari qo‘mondonlik markazlariga havo hujumlarini amalga oshirgani haqida yozgan edik.

Shuningdek