Erondan 30 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi
eʼlon qilindi
Ularning Vatanga qaytishida O‘zbekistonga Ozarbayjon va Turkmaniston yordam ko‘rsatgan

O‘zbekiston Eron hududidan 30 nafar fuqarosini evakuatsiya qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi xabar berdi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning Tehron va Tel-Avivdagi elchixonalari fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida 24 soat davomida faoliyat yuritmoqda.
Eron va Isroilda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga xavfsiz joylarni tark etmaslik va mamlakatning diplomatik vakolatxonalari bilan doimiy aloqa qilib turish tavsiya etildi.
O‘zbekiston fuqarolari Tehrondagi elchixona bilan +98 (21) 22299780 raqami orqali, Tel-Avivdagi elchixona bilan esa +972 (3) 672-2466 raqami orqali bog‘lanishlari mumkin.
Avvalroq «Kursiv» nashri Turkmaniston Erondan kelgan o‘zbekistonliklarni qabul qilgani haqida yozgandi.