Huawei Androidsiz yuz milliondan ortiq qurilma ishlab chiqardi

16-iyun 2025 14:13 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Huawei Androidsiz
Huawei Androidsiz yuz milliondan ortiq qurilma ishlab chiqardi / Foto: ithome

Xitoyning Huawei kompaniyasi o‘zining HarmonyOS operatsion tizimi asosida 2019-yildan buyon 100 milliondan ortiq smartfonlar ishlab chiqargan. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2024-yil oxiriga kelib Huawei bozorga jami 103 million HarmonyOS qurilmasini yetkazib bergan, shundan faqat o‘tgan yilda 46 millioni ishlab chiqarilgan.

AQSh sanksiyalariga qaramay Huawei ichki bozorda yetakchilikni saqlab qolmoqda.

Kompaniyaning asosiy ustunligi HarmonyOS’ni o‘zining barcha qurilmalari – smartfon, planshet, noutbuk, aqlli soat va boshqa gadjetlar uchun yagona platformaga aylantira olganidir.

Canalys statistikasi quyidagicha:

  • Smartfonlar: 103 million dona
  • Planshetlar: 21 million dona (shundan 2024-yilda 10,5 mln)
  • Shaxsiy kompyuterlar: 4,2 million dona (shundan 3,2 mln – noutbuk)

Huawei 2019-yilda Androidga muqobil sifatida HarmonyOS’ni taqdim etgan bo‘lib, 2021-yildan boshlab uni keng iste’molchilarga taqdim etishni boshlagan. Bugunga kelib ushbu operatsion tizim Huawei’ning butun mahsulot ekotizimida – aqlli uy jihozlari, audio mahsulotlar va taqiladigan qurilmalarda ham qo‘llanmoqda.

Kelajakdagi rejalar

Huawei 2025-yil oxirida HarmonyOS’ning yangi versiyasini taqdim etishga tayyorlanmoqda. U sun’iy intellekt va taqsimlangan tizimlar uchun optimallashtirilgan bo‘ladi. Bu esa Huawei’ga HarmonyOS’ni hech bo‘lmaganda Xitoy ichki bozorida Android va iOS’ga haqiqiy muqobil sifatida ko‘rsatishga yordam beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Huawei Pura80 smartfonida qanday chip o‘rnatilgani ma’lum bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek