Astanada 10G tezlikdagi internet ishga tushiriladi

eʼlon qilindi
Kelishuv Astana ma’muriyati va Huawei o‘rtasida imzolangan
Foto: Shutterstock

Astana shahrida 10 gigabit/sekundgacha tezlikdagi yuqori samarali internet joriy etiladi. Bu haqda Kursiv Kazakhstan xabar berdi.

Loyiha Huawei Technologies Kazakhstan kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi va 50G PON texnologiyasi asosida quriladi.

Kelishuv «Xitoy – Markaziy Osiyo» forumi doirasida Astana ma’muriyati va Huawei o‘rtasida imzolangan. Maqsad – ilg‘or telekommunikatsiya yechimlarini poytaxt infratuzilmasiga joriy etish va internet xizmatlarini yangi bosqichga olib chiqish.

10G – bu 4G yoki 5G kabi avlod nomi emas, balki real uzatish tezligini anglatadi. Bu texnologiya foydalanuvchilarga juda yuqori tezlik, minimal kechikish va barqaror ulanish imkonini beradi. U uylar, ofislar va korxonalar uchun mo‘ljallangan.

Ayni damda 10G internet sinov tariqasida AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya kabi ilg‘or davlatlarda joriy qilinmoqda. Endi esa ushbu texnologiya Markaziy Osiyoda ilk bor Qozog‘istonda sinovdan o‘tkaziladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Huawei F5G-A texnologiyasini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek