Tolibon 40 yoshgacha bo‘lgan ayollarni Afg‘oniston – O‘zbekiston chegara bozoridan chetlatdi
eʼlon qilindi
Yosh ayollar bozordagi mijozlarning asosiy qismini tashkil qilgan

«Tolibon»ning «axloq politsiyasi» 40 yoshgacha bo‘lgan ayollarning Afg‘oniston – O‘zbekiston chegarasidagi bozorga kirishini taqiqlagan, deya ma’lum qilishmoqda mahalliy savdogarlar va do‘kon egalari. Bu haqda AmuTv ma’lum qildi.
Tadbirkorlarning aytishicha, yosh ayollar bozordagi mijozlarning asosiy qismini tashkil qilgan va ularning kirishiga ruxsat berilmasligi natijasida savdo hajmi keskin kamaygan.
«O‘tmishda mijozlarimizning asosiy qismini oilalar, jumladan, ayollar tashkil qilardi. Endi yosh ayollarga taqiq qo‘yilganidan so‘ng sotuvlarimiz keskin pasayib ketdi», – deydi savdogarlardan biri.
Bu haqda Kursiv Uzbekistan Tolibon stol futbolini taqiqlashga oid qaror qabul qilgani haqida xabar bergan edi.