Samsung Galaxy S seriyalari uchun xavfsizlik yangilanishi taqdim etildi

eʼlon qilindi
Bu orqali 19 ta xavfsizlik zaifligi bartaraf etiladi
Samsung Galaxy S seriyalari uchun xavfsizlik yangilanishi taqdim etildi / Foto: Sammobile

Samsung kompaniyasi Galaxy S23, S24 hamda S21 FE modellari uchun 2025-yil iyun oyi xavfsizlik patchini tarqata boshladi. Bu haqda Sammobile nashri ma’lum qildi.

Yangilanish avvalo Janubiy Koreyada (S23), Yevropa va Rossiyada (S21 FE), hamda Yevropa bozoridagi S24 modellari uchun taqdim etildi.

Xavfsizlik tuzatmasi One UI tizimida aniqlangan 19 ta xavfsizlik zaifligini bartaraf etadi. Jumladan, Galaxy Watch orqali Samsung Cloud’ga ruxsatsiz kirish va ekran tasvirlarini olish imkonini beruvchi eksploitlar yo‘q qilindi. Android tizimidagi bir nechta yuqori darajadagi zaifliklar ham bartaraf etilgan.

Yangilanish hajmi S23 uchun 443 MB, S24 uchun esa 474 MB ni tashkil qiladi. Bu tuzatma qurilmalarning xavfsizlik darajasini sezilarli darajada oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Galaxy A16 5G Android 15 asosidagi birinchi yirik yangilanishni olgan edi.

Shuningdek