
Android tizimida doim ixcham planshetlar ishlab chiqarish doim qiyin bo‘lgan. Xiaomi kompaniyasi aynan shu muammoni bartaraf qilish uchun yangi planshet taqdim qilish uchun tayyorlanmoqda. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.
Redmi brendi ushbu yozda taqdimoti kutilayotgan K Pad mini plansheti orqali Android ekotizimidagi kam uchraydigan bo‘shliqni to‘ldirishga urinmoqda.
Kompaniya mutasaddilarining so‘zlariga ko‘ra, ixcham flagman planshet ishlab chiqarish texnik jihatdan katta muammo bo‘lib kelgan. Ayniqsa, yengil va nozik korpusda kuchli ekran, unumdor protsessor, kuchli ovoz tizimi va mukammal sovutishni birlashtirish muhandislik nuqtai nazaridan ancha murakkab bo‘lgan.






Foto: Redmi
Redmi K Pad plansheti 8,8 dyuymli 4K LCD displey, yuqori yangilanish chastotasi, ikki baravar kuchli IC drayver tizimi, ixcham dizayn ichida mukammal sovutish tizimi, qayta ishlab chiqilgan tovush va tasvir modullari bilan ajralib turadi. Qurilma Android olamida «birinchi haqiqiy flagman ixcham planshet» sifatida e’tirof etilmoqda.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, iPad mini bozorida Android alternativasining deyarli yo‘qligi shunday murakkab texnik to‘siqlar bilan bog‘liq. Redmi vakiliga ko‘ra, K Pad ushbu segmentdagi bo‘shliqni to‘ldiradi va Apple’ga munosib raqobatchi bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nubia ilk Android planshetini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.