Qoraqalpog‘istonning ayrim hududlarida chigirtkalar ko‘paygan – video

eʼlon qilindi ( yangilandi)
To‘rtko‘l va qo‘shni hududlarda
Ayrim hududlarda chigirtkalar ko‘paygan. Foto: depositphotos.com

Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l va boshqa hududlarida tarqalayotgan chigirtka turi qishloq xo‘jaligi uchun zarar yetkazmaydi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berdi.

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda To‘rtko‘l va qo‘shni hududlarda chigirtkalar ko‘paygani haqida xabarlar tarqaldi. Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, bu bukri chigirtka bo‘lib, u faqat saksovul bilan oziqlanadi va qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar yetkazmaydi.

Rasmiy ma’lumot. Video: Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati

Qoraqalpog‘istonda chigirtkalarga qarshi maxsus kimyoviy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bugungi kunga kelib, barcha hududlarda 11 ta maxsus otryad tashkil etilgan, har bir holat nazoratga olingan.

Fuqarolar chigirtka bo‘yicha maxsus shtabning (61) 229-54-92 raqamiga murojaat qilishi mumkin. Barcha tadbirlar bepul amalga oshiriladi.

Ma’lumot o‘rnida, Qoraqalpog‘istonda bugungi kunda 150 dan ortiq chigirtka turi mavjud bo‘lib, ulardan atigi uchtasi qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun zararli hisoblanadi. Hozirda respublikada kuzatilayotgan chigirtka turlari esa zararli emasligi aniqlangan.

Avvalroq «Kursiv» nashri Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston chigirtkalarga qarshi birga kurashishi haqida xabar bergandi.

Shuningdek