Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo – Xitoy» ikkinchi sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga jo‘nab ketdi

eʼlon qilindi
Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo – Xitoy» ikkinchi sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga jo‘nab ketdi / Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan «Markaziy Osiyo – Xitoy» ikkinchi sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu sammit mintaqa va Xitoy aloqalarini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shishi kutilmoqda. Al Jazeera’ning ma’lum qilishicha, Xitoy rahbari Si Szinpin dushanba kuni Pekinning mintaqa bilan iqtisodiy va strategik aloqalarini chuqurlashtirishga qaratilgan «Xitoy – Markaziy Osiyo» ikkinchi sammitida ishtirok etish uchun Qozog‘istonga yetib borgan.

Markaziy Osiyoning besh davlati mintaqada birinchi marta boshqa davlat rahbari bilan sammit o‘tkazmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Shavkat Mirziyoyev bugun bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyo – Italiya» sammiti tadbirlarida ishtirok etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek