Eron va Isroil urushi qanday yakun topadi

eʼlon qilindi
To‘rtta ssenariy tahmin qilinmoqda
Eron va Isroil urushi qanday yakun topadi. Foto: Ruletkka / depositphotos.com

Eron va Isroil urushi yakuni bo‘yicha bir nechta xulosalar tahmin qilinmoqda. Bu haqda Foreign Policy nashri xabar qildi.

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Eronning harbiy infratuzilmasi va yadroviy imkoniyatlarini butunlay izdan chiqarish uchun zarbalarni davom ettirishini e’lon qildi. Shunday bo‘lsa-da, hozirdan urush qanday yakun topishi mumkinligi muhokama qilinmoqda.

Eronning chekinuvi va xalqaro vositachilik

Eron bir nechta harbiy hujumlar uyushtirib, o‘z aholisi oldida «qasos olindi» degan taassurot qoldiradi va AQSh hamda boshqa davlatlar vositachiligida sulhga rozi bo‘ladi. Bu ssenariy Hizbullohga qarshi o‘tkazilgan Isroil operatsiyasi bilan o‘xshashlik qiladi. Isroil zarbalari Eron harbiy rahbarlarini izdan chiqargan va koordinatsiyani susaytirgan bo‘lishi mumkin.

AQSh bosimi ostida Isroilning chekinuvi

Eron Isroilga bir nechta raketa yoki terror hujumlari bilan javob qaytaradi. Bu orada AQSh va Yevropa davlatlari Isroildan urushni to‘xtatishni talab qiladi. AQSh prezidenti Donald Tramp bosim o‘tkazsa, Isroil amaliyotlarni qisqartirishi mumkin.

Urushning mintaqaviy miqyosda kengayishi

Eron AQSh harbiy obektlariga hujum uyushtirishi mumkin. Bu esa AQShni bevosita urushga jalb etadi. Eronning Iroq, Livan, Yaman va boshqa joylardagi vakolatli guruhlari Isroilga va ehtimol AQShga qarshi hujumlar boshlashi mumkin.

Urush rasmiy yakunsiz davom etishi

Yirik hujumlar tugagan taqdirda ham, Isroil va Eron o‘rtasida pasaygan darajadagi urush davom etishi mumkin. Ayrim havodan zarbalar, maxfiy suiqasdlari va kiberhujumlar ko‘rinishida bo‘ladi. Eron yadro dasturini yashirin ravishda tiklashga harakat qilishi ehtimoli bor.

Tahlilchilarning fikricha, har qanday ssenariyda urushning diplomatik yo‘l bilan tugatilishi ehtimoli saqlanib qolmoqda. Biroq ayni paytda hududda tinchlik o‘rnatilishi oson bo‘lmaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eron–Isroil mojarosining beshinchi kuni qanday kechgani haqida yozgandi.

Shuningdek