Skoda yangi elektromobil taqdim etdi

17-iyun 2025 11:09 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Skoda
Skoda yangi elektromobil taqdim etildi / Foto: Skoda

Skoda kompaniyasi yangi Elroq vRS elektromobilini taqdim etdi. Bu haqda Electriccarsreport xabar bermoqda.

Bu krossover sport uslubida yaratilgan. U ikki elektr motor bilan harakatlanadi. Umumiy quvvati 340 ot kuchi. To‘liq g‘ildirak tortishga ega. 0 dan 100 km/soat tezlikka 5,4 soniyada chiqadi. Maksimal tezligi 180 km/soat. Bir quvvatda 546 km yo‘l bosadi.

Foto: Skoda

Batareyasi 84 kVt/soat. Quvvat modullari 12 ta bo‘lib, energiyani samarali taqsimlaydi.

Tashqi ko‘rinishi sportcha. 21 dyuymli disklar o‘rnatilgan. Old va orqa bamperlar vRS uslubida. Korpus rangi uchun 10 xil tanlov bor. Yaqinda mat kulrang rang ham qo‘shiladi.

Salon zamonaviy va qulay. Sun’iy charm va mikrozamsh ishlatilgan.

Foto: Skoda

Unda karbon uslubidagi elementlar bor. Dizayn yashil rangda bo‘lib, ko‘zni tortadi. Ruli sportcha, charm bilan qoplangan. U maxsus funksiya yordamida isitiladi.

Multimedia tizimi 13 dyuymli ekran bilan ishlaydi. Haydovchi paneli raqamli, 5 dyuymli. AR texnologiyali proektsiya displeyi ham mavjud. Haydovchi o‘rindig‘i elektr bilan sozlanadi, massaj funksiyasi bor.

Foto: Skoda

Mashina DCC osma tizimi bilan boshqariladi. Travel Assist va masofaviy parkovka imkoniyati mavjud. Elroq vRS Skodaning sport modellari an’analarini davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Skoda Elroq RS krossaverining tizerini taqdim etgani haqida yozgan edi. Ushbu model Skoda’ning elektromobillar oilasidagi eng kuchli va dinamik versiya bo‘lib, an’anaviy RS belgisini o‘zida aks ettiradi.

Shuningdek