
1-iyul kuni Toshkent shahrida Kursiv Uzbekistan platformasi tomonidan navbatdagi konferensiya bo‘lib o‘tadi. Bu safargi asosiy mavzu: «O‘zbekistonda kapital bozori: investitsiya uchun yangi imkoniyatlar» bo‘ladi. Tadbirda yetakchi ekspertlar, investorlar, top-menejerlar, biznes egalari hamda davlat idoralari vakillari O‘zbekistonda mavjud investitsion imkoniyatlar haqida fikr almashadilar.
O‘zbekiston kapital bozori keskin o‘zgarishlar jarayonini boshdan kechirmoqda: davlat korxonalarini xususiylashtirishni jadallashtirish va ularni fond bozorlariga kirishga tayyorlash xalqaro investorlarning e’tiborini tortmoqda. Shu bilan birga, iqtisodiy faol aholi uchun kapitalning an’anaviy investitsiya usullari bilan bir qatorda yangi mexanizmlar ham paydo bo‘lmoqda.
«O‘zbekistonda investorning e’tibori qayerga qaratilmoqda?» – konferensiyaning birinchi sessiyasi shunday nomlanib, unda kapital bozorining zamonaviy rivojlanish tendensiyalari muhokama qilinadi.
Ikkinchi sessiya «O‘zbekiston obligatsiyalari bozori: yangi investitsiya vositalari». Bu qismda obligatsiyalarni joylashtirgan yoki joylashtirishni rejalashtirayotgan kompaniyalar rahbarlari va ekspertlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadi. Shuningdek, forum qatnashchilari bugungi kunda O‘zbekistonda obligatsiyalar nima uchun ommalashayotgani va bu investitsiyaning afzalliklari haqida bilib oladi.
Uchinchi mavzu turli xil investitsiya usullariga bag‘ishlanib, unda qatnashchilar «Pul qayerda ishlaydi?» degan asosiy savolni muhokama qilishadi. Bu ko‘chmas mulk, oltin, kriptobozor yoki qimmatli qog‘ozlar bo‘lishi mumkin.
Va nihoyat, «Qanday qilib fond bozoriga chiqish va investorlarni jalb qilish mumkin?» mavzusidagi to‘rtinchi sessiyada fond birjalarida ro‘yxatga olingan kompaniyalar vakillari hamda mutaxassislar O‘zbekistonda va xorijda qimmatli qog‘ozlar joylashtirish bo‘yicha real tajribalar bilan o‘rtoqlashadi.
Konferensiya homiylari TBC Bank, Investitsiya institutlari milliy uyushmasi (IIMU) va Universal bank.
O‘tkazilish sanasi: 2025-yil 1-iyul
Manzil: Intercontinental mehmonxonasi, «Amudaryo» konferensiya zali
Konferensiyaga ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/ve7BecRsYSHCgcSa8