Xitoy 12 ming kilometrga uchadigan layner ustida ishni boshladi

eʼlon qilindi
C929 samolyoti 280 yo‘lovchiga mo‘ljallangan
Xitoy 12 ming kilometrga uchadigan layner ustida ishni boshladi. Foto: Wikipedia

Xitoy yirik masofalarga mo‘ljallangan samolyoti – COMAC C929 ustida rasman ish boshladi. Bu haqda My Drivers nashri xabar berdi.

Hozirda Xitoyda mahalliy ishlab chiqilgan mintaqaviy COMAC ARJ21 va o‘rta masofaga mo‘ljallangan C919 mavjud bo‘lsa, C929 esa uzoq masofali parvozlar uchun mo‘ljallangan yangi avialayner bo‘ladi.

Yangi loyiha bo‘yicha rasmiy e’lon Parij aviashousi doirasida COMAC kompaniyasining WeChat sahifasida berildi. Loyihaga Fransiyaning Safran va Crane kompaniyalari hamkor sifatida jalb qilindi.

C929 samolyoti 280 yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, u taxminan 12 ming kilometr masofani bosib o‘ta oladi.

Mutaxassislarning fikricha, bu safar Xitoy C919 modelida yo‘l qo‘yilgan xatoni takrorlamaslikka harakat qilmoqda. Chunki C919 samolyotlari xorijiy – LEAP 1C dvigatellari bilan jihozlangan va sanksiyalar xavfi sababli xavf ostida turibdi.

Shu sabab, C929 uchun Xitoy o‘zining milliy dvigatelini ishlab chiqmoqda. Ehtimol u samolyotning o‘zidan ham tezroq tayyor bo‘ladi.

Avvalroq C929 loyihasida Rossiya ham ishtirok etgan edi (u paytda loyiha CR929 deb nomlangan). Ammo keyinchalik Xitoy mustaqil yo‘ldan borishga qaror qildi. Bunga asosiy sabab — Rossiya aviatsiya sohasiga qarshi kiritilgan xalqaro sanksiyalar bo‘ldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yaponiya quruqlikdagi harbiy kuchlari ilk bor 1000 kilometrdan ortiq masofadagi nishonlarni urishga qodir yangilangan Type-12 raketa tizimini ommaga namoyish qilgani haqida yozgandi.

Harbiy mashg‘ulotlar Fuji tog‘i etagida o‘tkazilib, unda ikki mingga yaqin harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. Ushbu raketalar Mitsubishi Heavy Industries kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va yangilangan.

Shuningdek