Tesla yangilangan ikkita model prototiplarini sinovdan o‘tkazmoqda

18-iyun 2025 11:40 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media

Tesla kompaniyasi Germaniyadagi Nurburgring poyga trassasida yangilangan Model S Plaid va Model Y Performance elektromobillarini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda Auto Car nashri xabar berdi.

Model Y’da old tomonda uzluksiz LED chiroq va yanada silliq korpus shakli ko‘zga tashlanadi. Model S’da esa yangilangan bamper va radiator panjarasi mavjud. Ikkala modelda ham qo‘shimcha aerodinamik elementlar kuzatildi:

  • Model S Plaid’da — yanada agressiv havo olish teshiklari;
  • Model Y’da — uzun orqa spoyler, bu havo qarshiligini kamaytirishga xizmat qiladi.

Tesla hozircha yangilangan modellar texnik xususiyatlarini oshkor qilgani yo‘q. Ammo Autocar taxminiga ko‘ra, Model S Plaid’ga Cybertruck’dagi kabi 800-voltli arxitektura joriy qilinishi mumkin. Bu esa tezroq zaryad olish imkonini beradi.

Model Y odatdagi ikki elektromotordan iborat to‘liq g‘ildirakdan harakatlanish tizimini saqlab qoladi. Model S Plaid esa uchta motorli tizimga ega bo‘lib, hozirgi versiyasi 1020 ot kuchi ishlab chiqaradi va 0–96 km/soat tezlikka atigi 2,1 soniyada erishadi.

Yangilangan modellar kompaniya sotuvlarining kamayishi fonida Tesla uchun dolzarb ahamiyatga ega. Model Y Performance endi Porsche Macan Turbo Electric, Hyundai Ioniq 5 N va Smart #5 Brabus kabi modellarga qarshi kurashadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan kelajakda Tesla bozorning 99 foiz ulushiga ega bo‘lishi haqida yozgandi.

Tesla sun’iy intellekt asosida ishlaydigan haydovchisiz avtomobillar xizmatini yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu loyiha kompaniyaning kelajagi uchun juda muhim, chunki Tesla hozir moliyaviy muammolarga duch kelmoqda: 2024-yilda daromadi 53 foizga kamaydi va savdolar ham birinchi marta pasaydi.

Mask robotaksilarni eng yirik moliyaviy imkoniyat deb ko‘radi. U Tesla’ning avtopilot tizimi kameralarga asoslangan, radar va lidar kabi murakkab datchiklar ishlatilmaydi. Mask bunday datchiklarni qimmat va keraksiz deb hisoblaydi, biroq mutaxassislar lidar yordamida odam va to‘siqlarni aniqroq aniqlash mumkinligini ta’kidlamoqda.

Shuningdek