2025-yilning to‘rt oyida so‘mning real samarali almashuv kursi 6,2 punktga pasaydi

2025-yilning yanvar – aprel oylarida so‘mning real samarali almashuv kursi 6,2 punktga pasayib, 105,2 punktni tashkil etdi. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (IMRS) xabar berdi.
Nominal kurs indeksi esa 5,4 punktga tushib, 88,7 ga teng bo‘ldi.
Mutaxassislarning aytishicha, real kursning pasayishi eksport narxlarining arzonlashishiga, import mahsulotlarining esa qimmatlashishiga olib keladi.
Bu indeks O‘zbekistonning savdo sheriklari bo‘lgan davlatlar valyutalariga nisbatan so‘m kursining o‘rtacha o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Yanvardan aprelgacha so‘m AQSh dollariga nisbatan 0,5 foizga qadrsizlandi. Shu vaqt ichida Rossiya rubli 20 foizga mustahkamlandi. Qozog‘iston tengesi 1,1 foizga oshdi, Xitoy yuani esa 0,1 foizga arzonlashgan.
Avvalroq dollar kursi hafta davomida qanday o‘zgargani haqida yozgan edik.