O‘zbekistonning 12 ta universiteti Top – 1000 talikka kirdi

eʼlon qilindi
Impact Rankings 2025 reytingi
O‘zbekistonning 12 ta universiteti Top – 1000 talikka kirdi / Foto: Kursiv Uzbekistan

O‘zbekistonning 12 ta universiteti Impact Rankings 2025 reytingida 1000 talik ro‘yxatiga kiritildi. Ushbu reyting Times Higher Education (THE) tomonidan e’lon qilingan. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar berdi.

Bu yilgi reytingda respublikadagi 59 ta universitet bilan ishtirok etdi. Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi bo‘yicha eng yuqori natijani O‘zbekiston qayd etdi. Natijada mintaqadagi mutlaq yetakchi sifatida tan olindi.

THE reytingi BMT tomonidan belgilangan 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) asosida tuzilgan. Unda universitetlarning atrof-muhitga, ijtimoiy taraqqiyotga va iqtisodiy barqarorlikka qo‘shgan hissasi baholanadi.

Reytingga kirgan universitetlar

Reyting oralig‘iUniversitet nomi
201 – 300Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
O‘zbekiston Milliy universiteti
TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti
301 – 400Toshkent davlat yuridik universiteti
401 – 600Samarqand davlat universiteti
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
601 – 800Buxoro davlat universiteti
Samarqand davlat tibbiyot universiteti
801 – 1000Navoiy davlat universiteti
Toshkent davlat pedagogika universiteti
Toshkent davlat texnika universiteti
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yili boshiga kelib faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlari soni 222 taga yetgani haqida yozgandi.

Unga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich 2015/2016-o‘quv yiliga nisbatan 153 taga ko‘paygan bo‘lib, so‘nggi o‘n yilda oliy ta’lim muassasalari soni qariyb 3,2 barobar oshgan.

2015-yilda 69 ta oliy ta’lim muassasasi mavjud bo‘lgan bo‘lsa, keyingi yillarda bu raqam izchil ortib bordi. Xususan, 2018-yilda ularning soni 98 taga, 2022-yilda esa 191 taga yetdi. 2024-yilda esa mazkur ko‘rsatkich 222 tani tashkil etdi.

Shuningdek